TOShKENT, 4 avg — Sputnik. Shimoliy Koreya Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqqan, shuning uchun hech kim Shimoliy Koreyani yadro quroliga egalik qilgani va o‘zini himoya qilish huquqidan foydalangani uchun ayblashga haqli emas.
Bu haqda KXDRning BMT huzuridagi doimiy vakolatxonasi bayonotiga asoslanib xabar berilgan.
“Ancha vaqt oldin KXDR shartnomada ko‘zda tutilgan tegishli moddaga muvofiq huquqiy tartib-qoidalar orqali Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqdi. Shunga ko‘ra, hech kim KXDRni, yadro quroliga ega bo‘lgan, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma ishtirokchisi bo‘lmagan davlatni o‘zini himoya qilish huquqidan foydalangani uchun ayblashga haqli emas”, deyilgan xabarda.
Avvalroq AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Shimoliy Koreya yettinchi yadro sinovini o‘tkazishga tayyorlanayotganini ma’lum qilgandi.