TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Oliy Majlis Senatining 29-yalpi majlisi 4-avgust kuni chaqiriladi.
Yalpi majlis ikki kun davom etadi hamda onlayn efirga uzatiladi.
Yalpi majlis kun tartibiga kiritilgan masalalar:
“O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun;
“Davlat qarzi to‘g‘risida”gi qonun;
“O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun;
“O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 206-1-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida”gi qonun;
“Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun;
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun.
Bundan tashqari, senatorlar Vazirlar Mahkamasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi, shuningdek Buxoro viloyati hokimining hisobotlarini ham eshitishadi.