TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Ukraina Rossiya gazining Yevropaga tranziti uchun Rossiyadan muntazam ravishda pul olishda davom etmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Biz ukrainaliklarga ishlayotgan yagona liniya orqali tranzit uchun pul to‘lashda davom etamiz. Tajovuzkor o‘z yo‘liga, lekin (ukrainaliklar) pul qabul qiladi va to‘lov o‘tadi”, -dedi Kreml vakili.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Moskvaning kelishuv shartlari Kiyevga yaxshi ma’lum va ular u yoki bu tarzda taqdim etiladi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘z xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir. Ittifoqchi kuchlar allaqachon Lugansk Xalq Respublikasi va Doneskning muhim qismini, jumladan, Volnovax, Mariupol va Svatogorskni to‘liq ozod qilgan.