Moskva viloyatida Ozon ombori yonmoqda.
Istra yaqinidagi ombordagi yong‘in maydoni 50 ming kvadrat metrni tashkil etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi jarohatlandi, 2 kishi kasalxonaga yotqizildi. Yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lishi mumkin.
Mingga yaqin xodim evakuatsiya qilindi.
Mingga yaqin xodim evakuatsiya qilindi.
Yong‘inni o‘chirish uchun aviatsiya jalb etildi. Ikkita Ka-32 vertoloti 20 ta suv tashladi. Bundan tashqari, Rossiya FVVning Mi-8 vertoloti shay holatga keltirildi.
Ozon kompaniyasi RIA Novostiga ma’lum qilishicha, yonayotgan omborda saqlangan tovarlar allaqachon internet-do‘kondan olib tashlangan, xaridorlarga pul qaytariladi, sotuvchilar esa tovon puli oladi.