TOShKENT, 3 avg - Sputnik. Afg‘oniston maxsus xizmatlarining sobiq rahbari Rahmatulla Nabil, Kobulda az-Zavaxirining o‘ldirilishi bo‘yicha o‘zining mulohazalarini bildirdi. Uning xulosalarini Sputnik Afg‘oniston keltirmoqda.
"Al-Qoida" (Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi tashkilot) rahbari, taniqli terrorchi Ayman az-Zavaxiri Kobul markazida AQShga tegishli dron yordamida yo‘q qilindi.
Bu yerda asosiy savol - bu kutilmagan hol bo‘ldimi yoki Tolibonning AQSh bilan kelishuvi asosida sodir bo‘ldimi?
Birinchidan, az-Zavaxiri Tolibon* IIV vaziri Sirojiddin Haqqoniyning uyida bo‘lgan. Amaldorning o‘zi bo‘lsa, ayni shu damda Islomobodda pokistonlik toliblar bilan muzokaralar o‘tkazayotgan bo‘lgan. "Texrik-i Taliban Pakistan"**
Zarbadan so‘ng, Haqqoni darhol tarkibida ko‘p sonli tinch fuqarolar bo‘lgan katta kolonna bilan Paktiya viloyatning uzoq manziliga yo‘l olgan. Chunki Haqqoniy uchun az-Zavahirining o‘ldirilishi kutilmagan hol bo‘lgan (birinchi ssenariy).
Lekin, Haqqoniy Pokistonning odami va uning oldida nima qilib bo‘lsa ham AQSh bilan muzokaralarni tiklash vazifasi qo‘yilganini ham hamma biladi. Birinchi navbatda unga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish. Xo‘sh, ushbu maqsadlarga erishish uchun Haqqoniyning o‘zi ham az-Zavahirini sotgan bo‘lishi mumkinmi? (ikkinchi ssenariy)
Az-Zavaxiri faqat Haqqoniy bilan bog‘liq bo‘lgan. So‘nggi vaqtlarda uning ta’sir kuchi oshib borayotgani Tolibonning turli bo‘linmalarida xavotir uyg‘otayotgan edi. Shu sababli, xalqaro hamjamiyat oldida o‘zini yaxshi ko‘rsatish maqsadida Tolibon*ning ayrim doiralari, jumladan mudofaa vaziri Muhammad Yoqub ham az-Zavaxiri turgan manzilini AQShga sotgan bo‘lishi mumkin. Doxa shartnomalarini bajarish va xalqaro hamjamiyat oldida o‘z obro‘sini oshirish maqsadida. (uchinchi ssenariy)
Yana bir ssenariy bo‘yicha Zavahiri haqidagi ma’lumotlarni AQShga Pokiston hukumati sotgan. Maqsad – o‘z iqtisodini qulashdan asrab qolish. Bu yo‘lda Islomobod Tolibon*dan shunchaki arzimas vosita sifatida foydalangan va o‘z hududini AQSh harbiy uchish apparati uchun ochib bergan. Lekin bu eng ehtimoli kam bo‘lgan ssenariy deb tan oladi sobiq maxsus kuchlar rahbari.
Nabil aytishiga ko‘ra, ayni damda AQSh maxsus xizmatlarining o‘zi ham Afg‘oniston hududida (yerda) 2001-yilgan nisbatan juda ko‘p manbaalardan axborot jamlash imkoniga ega.
Yuqoridagi mulohazalardan asosiy xulosa shuki - az-Zavaxirining o‘ldirilishi – afg‘on jamiyatida Tolibon*ga bo‘lgan ishonchning oxirgi ustunini qulatdi. Tolibon* shu kunga qadar bergan va’dalaridan birortasini ham bajarmadi. Demak bundan buyon jamiyatda norozilik tobora ortib boradi va bir kun kelib qo‘zg‘olon boshlanadi. Eng muhimi - bu qonsiz to‘ntaruv bo‘ladimi yoki fuqaro urushi - deydi Nabil.
Yuqoridagi ssenariylardan biri yaqinda o‘z tasdig‘ini topadi. Buni biz dunyoda sodir bo‘layotgan voqealardan bilib olamiz.
Zavaxiri o‘ldirilganidan so‘ng Tolibon*ga BMT tomonidan yetkazib berilayotgan naqd pul hajmi 2 baravar oshirildi. Oldin kuniga samolyotlar yordamida 20-30 mln. dollar yetkazib berilgan bo‘lsa, so‘nggi kunlarda olib kelinayotgan valyuta hajmi 40 mln. dollarga yetdi.
Oq Uy Strategik kommunikatsiyalar koordinatori Jon Kirbi, az-Zavaxirining o‘limini izohlar ekan, Tolibon Doxada o‘z zimmasiga olgan, AQShga tahdid soluvchi terrorchilarga boshpana bermaslik va’dasini buzganini ta’kidladi. Harbiy aytishiga ko‘ra, "agar Tolibon* o‘zi va’da bergan, terrorchilarga qarshi kurashning uddasidan chiqmasa AQSh unga yordam beradi". Bu bilan AQSh Tolibon*ga kerak bo‘lsa Afg‘oniston hududiga yana zarba berishi mumkinligini eslatib qo‘ydi.
* Terrorchilik faoliti uchun BMT ta’qiqi ostida bo‘lgan tashkilot