TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Toshkentda Chelyabinsk viloyatining mintaqaviy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari shou-rumi ochilmoqda. Bu haqida Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ochilish chorshanba kuni ShHTga a’zo davlatlar mintaqalari rahbarlari forumi doirasida bo‘lib o‘tadi.
“Sanoat, gaz, mashinasozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari 200 kvadrat metr maydonga joylashtiriladi”, deyiladi Savdo vakolatxonasi xabarida.
Shuningdek, ko‘rgazma zalida hududning milliy-madaniy xususiyatlari, turizm va sarmoyaviy salohiyati bilan tanishish mumkin bo‘ladi.
Shou-rumda V2V formatidagi an’anaviy uchrashuvlardan tashqari, boshqa tadbirlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ulardan birinchisi Samara, Astraxan va Omsk viloyatlari ishtirokida Forumning milliy qismi ko‘rgazmasi bo‘ladi.
Avvalroq 3-4-avgust kunlari Toshkent shahrida O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligida mintaqa davlatlari rahbarlarining forumi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingandi.
Tadbirda ShHTga a’zo davlatlarning davlat organlari, ma’muriy-hududiy birliklari (viloyatlar, provinsiyalar, shtatlar) rahbarlari, shuningdek, ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etadi.
Unda sayyohlik, madaniy-gumanitar hamkorlik va qishloq xo‘jaligiga bag‘ishlangan panel sessiyalari bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar ShHTning mintaqalararo savdosini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Razan va Ulyanovsk viloyatlari tomonidan ham shunga o‘xshash shou-rumlar ochilgan.