ShHT-2022: Samarqand sammiti

Buxoro 2023-yilda ShHT turizm forumiga mezbonlik qilishi mumkin

O‘zbekiston tashabbusi bilan ShHTga a’zo mamlakatlarda har yili mintaqaviy turizm forumi o‘tkazilishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 3 avg — Sputnik. O‘zbekiston har yili Shanxay hamkorlik tashkilotining (ShHT) mintaqaviy turizm forumini o‘tkazishni taklif qildi. Bosh vazir o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev Toshkentda o‘tkazilayotgan ShHTga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumida davomida shunday taklif bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“O‘zbekiston har yili ShHTning mintaqaviy turizm forumini o‘tkazishni taklif qildi. Unda soha vakillari hozirgi kun sharoitidan kelib chiqib yangi qo‘shma tashabbuslarni ishlab chiqishlari mumkin. Birinchi bunday forumni 2023-yil martida Buxoroda o‘tkazish rejalashtirilmoqda”, - dedi Xodjayev.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hududlari rahbarlarining forumi o‘z ishini boshladi. Forum savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan.
Ishbilarmon doiralari uchun biznes-forum, “V2V” uchrashuvlar va O‘zbekiston hududlariga sayohatlar tashkil etiladi. Forum davomida bir qator bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.