Seshanba kuni Moskva vaqti bilan soat beshlar atrofida dunyoda uchinchi jahon urushi boshlanishiga bir bahya qoldi. Qutulib qoldik.
AQSh Kongressi spikerining Tayvanga tashrifi boshidanoq Pekin tomonidan qattiq qoralangan. XXR hukumati “Yagona Xitoy” siyosatini hurmat qilishlari talab qildi. Unga ko‘ra, to‘polonchi orol mamlakatning bir qismi hisoblanadi va boshqa mamlakatlar yetakchilarining birorta tashrifini tashkillashtira olmaydi.
Bunga javoban Vashington mujmal javob berdi. Pelosi albatta Tayvanga borishini va Si Szinpin u uchun hukm chiqara olmasligini aytdi. Jo Bayden bu tashabbusni sust tanqid qildi. Biroq, negadir u hammaga ravshan bo‘lgan ish - ya’ni spikerga to‘g‘ri Tayvanga uchib borishga qarshilik qilmadi.
Ha, rasman bu yerda hukumatning bo‘linish tamoyili ishlagan: Pelosi qonun chiqaruvchi hukumatga javobgar, Bayden - ijrochi hokimiyatga. Biroq, Jo mamlakatning demokratlardan chiqqan prezidenti, aslida partiyadagi eng muhim odam. Agar xohlaganida u keksa demokrat xonimga butun dunyoga provokatsiya qilishiga ruxsat bermagan, jamoatchilik hammasini tushungan va unutilgan bo‘lardi. Ammo AQSh prezidenti chekkada turishni afzal bildi.
Xullas, seshanba kuni Pelosi va hukumatning boshqa a’zolari bo‘lgan boing samoleti Kuala-Lumpurdan boshladi va janubga qarab uchdi. Ikki yuz mingdan ortiq odam uning parvozini samoletlar yo‘nalishini taqdim etadigan saytdan kuzatib bordi. Pelosining parvozi haqida barcha axborot agentliklari, OAVlar yozdi. Dunyo hamjamiyati juda tarang holga keldi.
Hammasi zimistondek ko‘rinadi. Tayvanga Xitoyning ham Amerikaning ham aviatashuvchilari keldi. Harbiy aerodromdan qiruvchi samoletlar uchdi. Xitoy Harbiy-dengiz floti Tayvan orolida zarba otish bo‘yicha harbiy mashg‘ulotlar boshladi. To‘g‘ri, tushunarli, Pelosining yoshi sakson ikkida, yoshini yashab, oshini oshab bo‘lgan. Ammo, yo‘q, Yerning milliardlab odamlariga yadroviy apokalipsisning iqtibollari uncha ta’sir qilmadi.
Hatto AQSh tomondan ham ularni esini yig‘ib olishga chaqiriqlar bo‘ldi. Mashhur jurnalist Tomas Fridman The New York Times gazetasida maqola e’lon qildi. Va maqola “Men Kongress spikeri Nensi Pelosini juda hurmat qilaman” deb boshlanadi. Xuddi jinoyat boshlig‘iga qilingan murojaatni eslatadi- “Hurmat bilan, don Korleone”. Ammo, Fridman maqolasida Pelosining Tayvanga bormasligini so‘raydi.
Uning yozishicha, Pelosidan qarorini o‘zgartirishni harbiylar ham, maxsus xizmatlar - Maxsus razvedka boshqarmasidan tortib birlashgan shtab boshliqlarigacha- hamma so‘ragan. “Men bahslashayotganim yo‘q, - deb yozadi Fridman, - shunday g‘oya borki, prezident Bayden Xitoy rahbarini o‘zini ko‘rsatish maqsadida ko‘rqitayotgani, Pelosini to‘liq quvvatlashi va Si agar Tayvanga tahdid qilgudek bo‘lsa, o‘zi kuyishini aytishi kerak edi. Bu ish berar ehtimol. Ammo ko‘p vaqtga yaxshi g‘oya bo‘lib qolmaydi. Shuningdek, Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin”.
Fridman patsifistligi uchun o‘z o‘quvchilaridan bir necha marotaba kechirim so‘ragan va Xitoyni albatta jazolash kerakligini, ammo buni keyinroqqa qoldirish zarurligini aytgan. Ukrainadagi urush hali tugagani yo‘q, amerikaliklar uchun u yerda vaziyat juda yomon bo‘lyapti, AQSh hozir ikki frontdan turib jang qila olmaydi. Hozir esa shunchaki Xitoy yaqinlashmasligi uchun Tayvanni qurol bilan ta’minlab turish kerak deydi u.
O‘quvchilar izohlarda “Nensi, borma” va “Nensi, olg‘a” deb ikkiga ajralgan. Ammo hech kim hammaga ayon bo‘lgani - nima o‘zimizning muammoimiz yo‘qmi? Nega biz amerikaliklar Xitoy bilan urushga provokatsiya qilishimiz kerak, axir muvaffaqiyat uchun bizda imkoniyat bo‘lmasa, boz ustiga ichki muammolar ko‘p bo‘lsa demagan.
Ammo, nafaqaga chiqayotgan Pelosiga qoyil qolmasdan bo‘lmaydi. Ajib bir chaqqonlik bilan u Taybeyga qilgan tashrifini Amerika imperiyasining kuchini ko‘rsatib qo‘yish va bezbetlik timsoliga aylantira oldi. “Nima, nima, Fridman nimani taklif qilyapti, - deb norozi bo‘lyapti izoh yozgan bir amerikalik, - nima AQShning ikkinchi sort, uchinchi sport derjava bo‘lib qolganini tan olish va bunga ko‘rinikishni taklif qilyaptimi?”.
Darhaqiqat, o‘z ustunligini yana qanday ko‘rsatib qo‘yish mumkin? Balki aql bovar qilmas qarzlarga botmaslik, butun dunyo hasadini keltirib boy, xotirjam, baxtli yashash kerakdir? Yo‘q, bu juda oson yo‘l. Bunday yo‘l Xitoyga, Rossiyaga mos keladi. Hozirgi Amerika o‘zida qashshoqlik va jinoyatchilikni ko‘payishini qo‘llab –quvvatlayapti, ammo dunyo maydonida qo‘rqinchli provokatsiyalar uyushtirapti.
Hozir Nensi Pelosi tashrifiga Tayvan parlamentida qizil gilamlar to‘shalgan, choy ham damlab qo‘yilgan. Dunyo "hayriyat" deb yengil tin oldi. Amerika kongressi spikerining bu jazavalari bizga nimani ko‘rsatib berdi?
Birinchidan, yadroviy derjava bo‘lmish AQSh kim tomonidan va qanday boshqarilishini tushunib bo‘lmaydi. Na mamlakatning prezidenti, na yuqori turuvchi harbiylar Pelosidek ajobtovur xotinga hukumat samoletini olib xohlagan tomoniga uchib ketishini taqiqlay olmasa.
Ikkinchidan, Amerikada vaziyat shu qadar yomon tus olyaptiki, ular hatto har bir olovli nuqtada mojarolar yaratishi yoki yonib turgan olovga moy sepishlari mumkin. Ichki xaosni zudlik bilan tashqariga chiqarish kerak, dunyoviy urush hammasini esdan chiqaradi.
Ukrainaga kelsak, afsus, bu Xitoyga ham tegishli. Eslatib o‘tish kerakki, AQSh nafaqat Tayvanni balki Tibetni xam XXRning suveren hududi sifatida tan olmaydi. Amerikaliklarning Gonkong va Sinszan-Uyg‘ur avtonom rayonining statusi bo‘yicha savollari bor. Vashington bu yerlarni Xitoy hukumatidan ozod qilmoqchi.
Uchinchidan, Vashington yuqori amaldorlariga tayvanliklar aslo qiziq emas. E’tibor bering, bu kunlar davomida orol hukumati o‘zini qo‘rqitilgandek tutdi. Tayvan prezidenti ham hech narsa demadi, jamoatchilik vakillari ham mum tishlab olgandek gung bo‘lishdi. Odamlarni tushunish mumkin, ular vahima kayfiyatida edi. Ular bilan urush qilmoqchi bo‘lishdi, hatto ogohlantirishmagan. Endi har tunda ular o‘z uylaridan bir necha kilometr narida Xitoy harbiylari otishmalarni mashq qilishayotganini ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Ko‘pchilik tayvanliklar Pelosining kelishini xohlamagan. Ular hatto norozilik namoyishi bilan chiqishga ham urinib ko‘rishdi. Ular aslo urush qilishni istashayotgani yo‘q- orolning XXR bilan munosabatlari juda yaxshi, hammasi joyida. Ammo kim ularni eshitadi? Mana, ukrainaliklar ham urush qilishni xohlashmagan edi. Majbur qilishdi.
To‘rtinchidan, Vashingtonning Yevropadagi vassallari tayyor turishlari kerak. Balki ular tashvishlari tez tugashiga umid qilishgandir, ammo yo‘q, Rossiyaga qarshi sanksiyalar “oq chiziq” edi. Tayvan qayerdayu, Yevroittifoq qayerda? Ammo, bu bir qarashda shunday.
So‘nggi paytlarda AQSh hammasini Yevropa orqali qilayotir. “Yashillikka o‘tish”, Ukrainada Rossiya bilan urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar- AQSh siyosatidagi har qanday yangi burilish Yevropada vayrongarchilikning yangi raundi bo‘lyapti.
XXR bilan qarama-qarshilik (Pelosi esa buni alangalatdi) ham yevropaliklar tomonidan amalga oshiriladi. Ularni Xitoyga qarshi “do‘zaxiy” sanksiyalar qo‘llashga majbur qilishadi, ammo bu yevropaliklarning iqtisodiyotini batamom yo‘q qiladi.
Xitoy bugungi kunda Yevroittifoqning asosiy savdo–sotiq sherigi, Rossiya bu ro‘yxatda atigi beshinchi o‘rinda. Agar Moskva bilan savdo-sotiqni uzish ularni “yorqin 90- yillarga” qaytargan bo‘lsa, Xitoy bilan savdoni uzib qo‘yganda holi ne kecharkin? Savol ritorik.
Yevropaliklar ularni nima kutayotganini fahm qilishapti va iloji boricha muqarrarlikni cho‘zishga urinishapti. “Tayvanning ikkinchi Ukraina bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz”,- deya chorlamoqda Amerikaning Marshall jamg‘armasi xodimi. Kulguli, bunga qadar u Yevroittifoqqa Xitoyga sanksiyalar bilan tahdid qilishni taklif qilgan edi. Ammo uni shunchaki ko‘mib qo‘yishadi, o‘sha paytga kelib Yevropadan nima qoladi o‘zi.
To‘g‘ri, AQSh uchun ham Xitoy bilan keng ko‘lamli qarama-qarshilik zararli bo‘ladi- ikki iqtisodiyot bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Ammo, amerikaliklar uchun taskin beruvchi mukofot bor- butunlay xonavayron bo‘lgan Yevropa o‘zining okean ortidagi xo‘jayinlarining poyiga bosh urib keladi. Qanchadan-qancha biznes, tarixiy saroylar va zamonaviy portlar, ko‘chmas mulk va qishloq xo‘jalik yerlarinini sariq chaqaga sotib olish imkoni paydo bo‘ladi.
Aqldan ozgan Pelosi fonida Xitoyning dono va uzoqni ko‘zlaydigan siyosati juda yaxshi ko‘rinadi. Qandaydir kampir uchayotgan samoletni urib tushirish kimga ham kerak?! Yadroviy urush bilan tavakkal qilmaydiku axir!
Xitoy shu kunlarda global o‘yinchi o‘zini qanday tutishi kerakligini munosib namoyish etdi. Unga respekt- hozirgi yoshlarning ta’biri bilan aytganda. Amerika esa o‘zining yechilmaydigan muammolari fonida “dunyo politsiyasi” ekani, batamom aqldan ozgani va bugun dunyoni xavf ostiga qo‘yishi mumkinligini tasdiqladi. Va endi nima qilmasin, o‘z tanazzulini to‘xtata olmaydi.