Bu qiziq

Shifokor pistaning salomatlikka qanday ta’sir qilishini aytdi

Pista yallig‘lanishlarga sabab bo‘lishi mumkin
Sputnik
Shifokor-endokrinolog Zuxra Pavlovnaning aytishicha, pista iste’mol qilish salomatlikka salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Ekspertning aytishiga ko‘ra, pista tarkibida omega-6 yog‘ kislotasi bor. Bu esa organizmda yallig‘lanish jarayonlarini ko‘paytiradi. Bundan tashqari, pista yuqori kaloriyali mahsulot: 100 gramm pistada taxminan 600 kilokaloriya bo‘lishi mumkin.
Qovurilgan pista- qarish jarayonini tezlashtiruvchi glikatsiyali mahsulot hamdir. Qolaversa, unda turli parazitlar bo‘lishi mumkin.
Pista tishlar salomatligi uchun zararli. Uni muntazam iste’mol qilish milklarda yorilishlarga olib keladi.
Shifokor, shuningdek, qovurilgan pista o‘rniga xom pistani qanday iste’mol qilish kerakligini ham aytdi. Uning tavsiya qilishicha, xom pistani yaxshi yuvib, duxovka yoki mikroto‘lqinli pechda quritib iste’mol qilish kerak.