Rossiya Kambodjaga AES qurish masalasida yordam berishga tayyor - elchi

Kambodja atom elektr stansiyasi qurmoqchi bo‘lsa, Moskva Pnompenga bilim va tajriba taklif qilishga tayyor.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Agar Kambodja atom elektr stansiyasini qurishga qiziqish bildirsa, Moskva Pnompenga bilim va tajriba taklif qilishga tayyor, hozirda mamlakatda mutaxassislar tayyorlash uchun yadro texnologiyalari markazini qurish masalasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Rossiyaning Kambodjadagi elchisi Anatoliy Borovik RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi. RIA Novosti.
“Rossiya va Kambodja qirollikda Yadro fanlari va texnologiyalari markazini tashkil etishni muhokama qilmoqda, bu markaz asosida ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlash va mahalliy aholida atom energiyasidan xavfsiz foydalanishga ijobiy munosabatni shakllantirish mumkin. Hozirda tegishli yo‘l xaritasi ishlab chiqilmoqda. Agar hamkorlar AES qurish g‘oyasiga qiziqish bildirsa, Rossiya o‘z bilim va tajribasini taklif qilishga tayyor”, dedi diplomat.