O‘zbekiston elektr energiya ishlab chiqarishni 2,5 baravar oshirishi kerak - rossiyalik ekspert

O‘sayotgan aholi soni va ishlab chiqarish ehtiyojlarini ta’minlash uchun O‘zbekiston 2030-yilga qadar energetika quvvatini bugungi 13 GVtdan 31 GVtga yetkazishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg - Sputnik. Rossiyalik energetika eksperti, "Geoenergetika.info" jurnali bosh muharriri Boris Marsinkevich Sputnik media markazida bo‘lib o‘tgan “Moskva – Minsk – Yerevan – Tbilisi” mediako‘prigi doirasida O‘zbekiston energetikasiga doir mulohazalari bilan baham ko‘rishdi.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistondaga barcha eletr energiyasi ishlab chiqarayotgan stansiyalaruning umumiy quvvati 13 GVtni tashkil qiladi. Lekin mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, 2030-yilga kelib respublikada aholi soni 37 mln kishiga yetadi va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj 31 GVtgacha oshadi.
“O‘sayotgan aholi soni va ishlab chiqarish hajmlari hamda urbanizatsiya jarayonlarini ta’minlash uchun Respublika qolgan 8-yil ichida energetika ishlab chiqarish quvvatini keskin oshirishi kerak”, - deydi Marsinkevich.
Shuningdek ekspert O‘zbekistonda bugungi kunda elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatini ildam oshirib borayotganini ham alohida aytib o‘tdi. Xususan respublikada so‘nggi 5-yilda 11ta kichik GESlar qurilib 9ta amaldagi elektr stansiyalari yangilangan.
Undan tashqari “O‘zAtom” va “RosAtom” Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘lida AES qurish loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirib kelayotganini ham aytib o‘tdi. Marsinkevich aytishiga ko‘ra, bu yerda ikkita VVER-1200 blokiga ega bo‘lgan AES quriladi. Mutaxassis, shu o‘rinda, yaqinda yevropalik ekspertlar ushbu energiya ishlab chiqarish turini “uglevodrod izidan xoli” deb tan olganini ham eslatib o‘tdi.
Yaqinda umumjahon yadroviy energetika tashkiloti MAGATE komissiyasi O‘zbekistonda bo‘lib, bo‘lajak AES loyihasini har tomonlama o‘rganib chiqqanini va uni xavfsiz deb topganini hamda yaqin vaqt ichida litsenziya berish arafasida turganini ham aytib o‘tdi.
Shuningdek, rossiyalik ekspert O‘zbekistonda sovet davrida qurilgan gaz quvurlari orqali Rossiya gaz ta’minot tizimidan (Ural, Sibor orqali) yirik miqdorda gaz olishi hamda uni sobiq yer osti konlarida saqlash imkoni borligini ham aytib o‘tdi. Bu ham albatta respublika energetika tizimiga ulkan hissa qo‘shishi mumkin. Jumladan IESlar ishlab chiqarish quvvatini oshishi uchun ham.
Quyosh energetikasi ham O‘zbekiston uchun istiqbolli bo‘lishi mumkin, chunki respublikada yillik insolyatsiya miqdori juda yuqori. Lekin so‘nggi vaqtda jahon bozorida metalllar narxi oshishi tufayli quyosh panellari narxi ham keskin oshishi mumkin.
Marsinkevich shu bilan birga, Markaziy Osiyo respublikalari Sovet Ittifoqi davrida yo‘lga qo‘yilgan MO suv-energetika majmuasini qayta yo‘lga qo‘yishi kerakligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi. Buning uchun markazi O‘zbekistonda joylashgan MO energetik halqasini ishga tushirishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Bu birinchi navbatda respublikalarning suv ta’minoti uchun muhimligini ta’kidladi.
To‘liq intervyu bilan batafsil quyidagi videolavhamizda tanishing.