“Osiyo bolalari-2022”: o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 16 taga yetdi

Sportchilar erkin kurash va dzudo bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda muvafaqiyat ishtirok etishdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Vladivostokda davom etayotgan “Osiyo bolalari” Xalqaro sport o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi jami 16 ta medalga (11 ta oltin, 3 ta kumush, 2 ta bronza) sazovor bo‘ldi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “Osiyo bolalari” Xalqaro sport o‘yinlarida o‘z chiqishini 5 ta oltin va 1 ta bronza medali bilan yakunladi.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4
Unda ishtirok etgan 7 nafar sportchidan 5 tasi final bosqichiga yo‘llanma olib, ularning barchasi yakunda oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.
Oltin:
Shohrux Yoqubov (-38 kg)
Ulug‘bek Rashidov (-44 kg)
Sanjarbek Anvarbekov (-52 kg)
Doniyor Ibragimov (-62 kg)
Umar Muydinov (-68 kg)
Bronza:
Farrux Jumanazarov (-57 kg)
Qolaversa, musobaqada yosh dzudochilar ham bahslarga kirishishdi. Ularning 5 nafari final bosqichiga yetib keldi va delegatsiya hisobiga 5 ta oltin medalini qo‘shib qo‘yishdi.
“Osiyo bolalari-2022”: o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 16 taga yetdi
Oltin:
Laziza Haydarova (-40 kg)
Farangiz Omonova (-44 kg)
Asadbek Misirov (-46 kg)
Abdulazizxon Sharofiddinov (-50 kg)
G‘iyos Rajabov (-55 kg)
Eslatib o‘tamiz, “Osiyo bolalari” sport o‘yinlari dasturiga ilk marotaba o‘zbek kurashi kiritildi. Musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi sportning faqatgina Xapsagay (Yakutiya milliy kurashi) hamda Breyking (brey-dans) turlarida ishtirok etmaydi.