Norov Chavushog‘lu bilan muloqot qildi

Vladimir Norov va Mevlut Chavushog‘lu dunyodagi hamda mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov “O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya” muloqot formatining birinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.
Muloqot chog‘ida ikki davlat tashqi siyosati yetakchilari o‘zaro savdo hajmini oshirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, madaniy-gumanitar va turizm almashinuvlarini kengaytirish yuzasidan oliy darajada erilishilgan kelishuvlar ijrosiga alohida e’tibor qaratgan.
Vladimir Norov Mevlut Chavushog‘lu bilan muloqot qildi
O‘zbekiston va Turkiyaning xalqaro institutlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligi ta’kidlangan.
Dunyodagi va mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashgan. Turkiya delegatsiyasi Toshkent shahrida Afg‘oniston bo‘yicha bo‘lib o‘tgan konferensiya natijalarini yuqori baholagan. Afg‘oniston yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirish va bu mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishga ikki tomon ham tayyorligi e’tirof etilgan.
Vladimir Norov Mevlut Chavushog‘lu bilan muloqot qildi
Mevlut Chavushog‘lu Toshkent shahrida tashqi siyosat, savdo, iqtisodiyot va transport masalalari uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar rahbarlari ishtirokida “O‘zbekiston – Ozarbayjon – Turkiya” muloqotining birinchi yig‘ilishini o‘tkazish muhim ahamiyatga egaligini ta’kidlagan.
Ikki va ko‘p tomonlama darajada rejalashtirilgan tadbirlar, shu jumladan, Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga tayyorgarlikning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.