Bugun ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi - O‘zgidromet

Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +32-37 daraja bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Toshkentda kunning ikkinchi yarimida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momoqaldiroq bo‘lishi mumkin. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati +32-37 daraja bo‘ladi.
Poytaxtda shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +33-35 daraja bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +20-25 daraja bo‘ladi.