Rossiyada Ukrainaning “Azov”* polki terrorchilik tashkiloti deb topildi

Rossiya Oliy sudi Ukrainaning “Azov” polki terrorchilik tashkiloti deb topdi va uning faoliyatini Rossiyada taqiqladi.
Sputnik
TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Rossiya Oliy sudi Ukrainaning millatchi “Azov”* batalonini terrorchilik tashkiloti deb topdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Bosh prokurorning ma’muriy da’vosi qanoatlantirilsin, Ukrainaning “Azov”* harbiy bo‘linmasi terrorchilik tashkiloti deb topilsin va uning faoliyati Rossiya Federatsiyasi hududida taqiqlansin”, - deya o‘z qarorini o‘qib eshittirdi sudya.
Sudya qaror zudlik bilan ijro etilishi zarurligini ta’kidladi.
Rossiya Jinoyat kodeksida terrorchilik tashkiloti tashkilotchilari uchun 15-yildan 20-yilgacha, uning a’zolari uchun 5-yildan 10-yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan. Shu bilan birga, tergov harakatlari boshlangunga qadar yoki qo‘lga olingunga qadar bunday tashkilotlarni o‘z ixtiyori bilan tark etganlar javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti