Yuridik texnikumlarga qabul boshlandi

Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish DTM tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Bugundan boshlab O‘zbekistondagi yuridik texnikumlarga qabul boshlanadi. Hujjatlar 20-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Respublikada 14 ta yuridiktexnikum tashkil etilgan. Ularda quyidagi mutaxassisliklarbo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
davlat huquqiy faoliyat;
yuridik xizmat;
sud-huquqiy faoliyat.
Yuridik texnikumlarga umumiy o‘rta ta’lim (11-sinfni) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini bitirganlar hujjat topshirishi mumkin.
O‘qishga kirish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
Yuridik texnikumlarga O‘zbekiston fuqarolarini qabul qilish DTM tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi.
Chet el fuqarolari yuridik texnikumlar tomonidan tashkil etiladigan suhbat natijasida qabul qilinadi. Abituriyentlar o‘qishga davlat buyurtmasi, to‘lov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. O‘qish muddati 2-yilni tashkil etadi.