Xersonda Dnepr darosi orqali kechib o‘tish tashkil etildi – video

Xersondagi Dnepr darosi ustidan o‘tgan Antonovka ko‘prigi Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi oqibatida shikastlangan.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Rossiya harbiylari Ukraina tomonidan o‘qqa tutilishi sababli yopilgan Antonov ko‘prigi yaqinida Dnepr orqali kechib o‘tishni tashkil qilishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Odamlar va xususiy mashinalar panton paromida daroning narigi tomoniga olib o‘tilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Xersondagi Dnepr darosi ustidan o‘tgan Antonovka ko‘prigi Ukraina Qurolli kuchlarining tungi hujumi oqibatida shikastlangan edi. Mutaxassislar ko‘prikning shikastlangan joylarini o‘rganishmoqda va u tez orada qayta tiklanadi.
Antonovka ko‘prigi Xersondagi yagona avtomobil ko‘prigi. U Dnepr darosining g‘arbiy tomonida joylashgan shaharni Xerson viloyatining boshqa qirg‘oqdagi bir qismi bilan bog‘laydi. Uzunligi 1366 metr.
Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Ularning ikkisida ham harbiy-fuqarolik ma’muriyatlari tashkil etildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalarini efirga uzatish boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi.