Temir yo‘l transporti va metroda xavfsizlik kuchaytiriladi

Temir yo‘l transporti va metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligiga oid nizom tasdiqlandi.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. O‘zbekistonda temiryo‘l transporti va metroda xavfsizlik kuchaytiriladi. Transport vaziri buyrug‘i bilan temir yo‘l transporti hamda metropolitenda harakat va tashishlar xavfsizligi talablari buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deya yozadi Norma.uz.
Harakatdagi poyezd boshqa poyezd bilan to‘qnashishi; temir yo‘l izidan chiqishi; poyezd shikastlanishi; infratuzilma va (yoki) tashilayotgan yuklarga zarar yetishi; favqulodda vaziyatlar va boshqalar ta’sirida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan hodisalar temir yo‘l transporti va metropoliten hodisalari hisoblanadi
Harakat xavfsizligi buzilishlari bo‘yicha hodisalarni hamda buzilishlar sabablari, oqibatlari va ushbu hodisalarda aybdor bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida xizmat tekshiruvi o‘tkaziladi.
Nizom quyidagilarni belgilaydi:
- temir yo‘l transportida harakat va tashishlar xavfsizligi talablari buzilishi bilan bog‘liq hodisalarni tasniflash;
- quyidagilarni: xizmat tekshiruvi olib borish tartibi; xizmat tekshiruvi natijalarini rasmiylashtirish tartibi; harakat va tashishlar xavfsizligi buzilishlarini hisobga olish tartibi.