“Osiyo bolalari-2022”: o‘zbekistonlik yengil atletchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Bugun xalqaro sport o‘yinlarida 4 kun bahslari o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Rossiyaning Vladivostok shahrida o‘tayotgan VII “Osiyo bolalari” sport o‘yinlarida o‘zbekistonlik yengil atletikachilar oltin va bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu haqida Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Aytilishicha, o‘zbekistonlik sportchilar uchun kun sermahsul boshlandi.
Ayni paytgacha o‘tgan bahslarda Rustam Abdullayev 1 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Maftuna Ahmedova, Asadbek Haliljonov va Amir Eshonxo‘jayev bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Ko‘rsatgichlar:
oltin medal:
Rustam Abdullayev, 200 m: 23:36
bronza medal:
Maftuna Ahmedova, 800 m: 2:14.20
Asadbek Haliljonov, 800 m: 2:04.56
Amir Eshonxo‘jayev, 200 m: 23.92
Ma’lumot uchun, bugun “Osiyo bolalari” Xalqaro sport o‘yinlarida 4 kun bahslari o‘tkazilmoqda. Ortda qolgan 3 kun yakunida O‘zbekiston jamoasi hisobida 29 ta medal mavjud.
Hozirda o‘tayotgan shiddatli bahslarda vakillar basketbol 3x3 (qizlar), yengil atletika, ayollar kurashi, stol tennisi dasturlarida medallar uchun kurashga kirishishdi. Kelgusi kunlarda ishtirok etadigan atletlar esa mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda.