G‘alla ortilgan ilk kema Odessadan jo‘nab ketdi - video

Ta’kidlanishicha, birinchi kema Odessa portidan soat 8:30 da jo‘nab ketgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 avg — Sputnik. G‘alla ortilgan birinchi kema bugun, 1-avgust kuni Moskva vaqti bilan soat 8:30 da Ukraina portidan jo‘nab ketdi. Bu haqda RIA Novosti Turkiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
“Birinchi kema Odessa portidan soat 8:30 da jo‘nab ketdi”, - deyiladi xabarda.
Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin avvalroq Ukrainadan g‘alla tashish 1-avgustdan boshlanishi mumkinligini aytgan edi.
Vaziyatdan xabardor manbaning RIA Novosti agentligiga aytishicha, Istanbuldagi muvofiqlashtirish markazi vakillari yo‘ldoshlar yordamida kemaning g‘alla bilan o‘tishini kuzatib boradi.
Ukraina g‘allasi bo‘lmasa xalqaro ochlik: haqiqat yoki propagandami?
22 iyul kuni Istanbulda Rossiya mahsulotlarini eksportga yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qilish va Ukraina g‘allasini eksport qilishda Rossiya tomonidan yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan kelishuv Ukraina g‘allasi, oziq-ovqat va o‘g‘itlarini Qora dengiz orqali uchta portdan, jumladan Odessadan eksport qilishni nazarda tutadi.