TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Toshkent viloyati Olmaliq shahrida 31-iyul kuni 2–3 balli zilzila qayd etildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan 04:42 da ro‘y bergan.
Episentr: Toshkent viloyati Ohangaron tumani. Zilzila koordinatalari: 40,89 gradus shimoliy kenglik; 69,65 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,2. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 55 km janubi-sharqda joylashgan.