TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda "Elektron tibbiyot" tizimi orqali qator tizimlar raqamlashtirildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida joriy yilning o‘tgan 6 oyida bolalar audioskriningi va immunizatsiyasi tizimi raqamlashtirildi. Tug‘ilish-o‘lim axborot tizimi takomillashtirildi. Shuningdek, homiladorlikni ro‘yxatga olish tizimi raqamlashtirildi, tibbiyot axborot tizimlarining "IT-Med" mobil ilovasi ishga tushirildi.
Ayni paytda sog‘liqni saqlash sohasida quyidagi elektron tizimlardan foydalanilmoqda:
- "Telemeditsina" tizimi;
- "MIS" axborot tizimi;
- "SMS-xabarnoma" tizimi;
- "Muassasalar pasporti" tizimi;
- "Yagona tez tibbiy yordam" tizimi;
- "Laboratoriya" tizimi;
- Yurak-qon tomir kasalliklari elektron reyestri;
- "Kadrlarni qayd qilish" axborot tizimi (HRM);
- "Vaksina logistikasini boshqarish" elektron tizimi;
- "Order" axborot tizimi;
- "Emlash" tizimi;
- "Xatlov" tizimi.