Samarqandda “ZIL”ning ko‘prikdan tushib ketishiga nima sabab bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

Samarqand shahrida 28-iyul kuni "ZIL" yuk mashinasi Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishgan chorrahadagi ko‘prikdan tushib ketgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Samarqand shahrida "ZIL" yuk mashinasining ko‘prikdan tushib ketishiga haydovchining mast holda avtomobil boshqargani sabab bo‘lgan. Bu haqda Yo‘l harakati xizmati bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Tibbiyot xodimlari tomonidan haydovchi tekshiruvdan o‘tkazilganda haydovchi spirtli ichimlik iste’mol qilib, transport vositasini boshqargani aniqlangan”, - dedi Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati rahbari Xurshid Safarov
Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand shahrida "ZIL" yuk mashinasi ko‘prikdan tushib ketgani xabar qilingan edi.