O‘zbekiston import qilayotgan qaysi oziq-ovqat mahsulotlari ulushi yuqori

Yanvar-iyun oylarida import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi o‘tgan yilga qaraganda 35,8 foizga ortgan.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. O‘zbekiston chetdan xarid qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari orasida bug‘doy, shakarqamish va margarin mahsulotlarining ulushi yuqori. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida 375,4 million dollarga bug‘doy, 185,3 mln dollarga shakarqamish, 156 mln dollarga margarin mahsulotlari, 98,6 mln dollarga qoramol go‘shti, 63,4 mln dollarga bug‘doy uni import qilgan.
Bundan tashqari, kartoshka (55,5 mln dollar), kakao va shokolad (53 mln dollar), sut mahsulotlari (38 mln dollar), bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari (35 mln dollar), parranda go‘shti (22 mln dollar) xorijdan keltirilgan.
2022 yilning yarim yilida oziq-ovqat mahsulotlari asosan Qozog‘iston (37,9 foiz), Rossiya (25,6 foiz) va Braziliyadan (11,9 foiz) xarid qilingan. Keyin o‘rinlarda Belarus – 4,3 foiz, Pokiston – 2,9 foiz va boshqa davlatlar – 17,4 foiz.
Shu davr mobaynida mamlakatga import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi 1,6 trln dollarni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35,8 foizga ko‘proq.