Kobul markazida portlash sodir bo‘ldi

Portlash turar joyga kelib tushgan raketa natijasida ro‘y bergani aytilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Afg‘oniston poytaxti Kobulning Shirpur tumanida portlash ro‘y berdi. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat Ichki ishlar vazirligi vakili Abdulnafi Takur ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, portlash turar joyga kelib tushgan raketa natijasida ro‘y bergan.
Hozircha hech qaysi guruh bu portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan. Kobul aholisi ertalab shaharda bir nechta portlash ovozini eshitishganini aytgan.