Afg‘oniston chegarasida Eron harbiylari va toliblar o‘rtasida to‘qnashuv ro‘y berdi

Eron chegarachilari va “Tolibon”* kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilinmagan.
Sputnik
TOShKENT, 31-iyul — Sputnik. Afg‘oniston bilan chegarada Eron chegarachilari va “Tolibon”* kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda Eronning Sistan va Belujistan viloyatining Xirmand tumani rahbari Meysam Boronzoda ma’lum qildi.
“Hozirgina Xirmand tumani chegarasida eronlik chegarachilar va toliblar o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Chegarachilar va “Tolibon”* harakati o‘rtasidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda”, - dedi Boronzoda. Uning so‘zlaridan IRNA agentligi iqtibos keltirgan.
U ehtimoliy qurbonlar haqidagi ma’lumot ayni damda o‘rganilayotganini qo‘shimcha qilgan. Voqeaga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.
* tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida