TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. Moskvadagi yong‘inda ikki nafar o‘zbekistonlik vafot etdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vafot etganlarning 2 nafari (S.N., 2003-yilda tug‘ilgan va A.A., 1986-yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston fuqarolari hisoblanadi.
Ma’lum bo‘lishicha, 28-iyuldan 29-iyulga o‘tar kechasi Alma-Atinskaya ko‘chasidagi 7-korpus, 2-uyda joylashgan xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etdi va 4 nafar fuqaro jarohat oldi.
Hodisa yuzasidan Brateyevo tumani tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Marhumlarning jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda.