Gruziya tog‘larida vertolot halokatga uchradi - video

Paraplanchilarga yordam berish uchun uchayotgan chegara politsiyasi vertoloti tog‘da qulab tushdi va portlab ketdi. Uning bortida shifokorlar va qutqaruvchilar bo‘lgan.
Sputnik
8 kishining barchasi halok bo‘ldi: 4 ekipaj a’zosi, 2 shifokor va 2 qutqaruvchi.
Xorijlik sayyoh ham halok bo‘ldi. U bilan birga paraplanda bo‘lgan instruktor, Gruziya fuqarosi kasalxonaga olib kelindi.