Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

AQSh albatta Zelenskiyga xoinlik qiladi – Jabarov

Vashington Xitoydan yordam olishga intilib, o‘zining sodiq ittifoqchisi - Tayvanni mohiyatan “taslim qildi”.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyul — Sputnik. AQSh Vladimir Zelenskiy va uning rejimiga xoinlik qiladi, chunki ular shu paytgacha boshqa ittifoqchilarga shunday qilgan. Bu haqda Federatsiya Kengashi xalqaro ishlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarov Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi. RIA Novosti.
“Vashington Xitoydan yordam olishga intilib, o‘zining sodiq ittifoqchisi - Tayvanni mohiyatan “taslim qildi”. Xuddi AQSh bir vaqtlar Misrda prezident Muborakni taslim qilganidek va yaqinda ular tomonidan Afg‘onistonda qo‘g‘irchoq rejim yaratilganidek. Bilasizmi, AQSh bundan keyin kimga xoinlik qiladi? To‘g‘ri, Zelenskiy va uning Ukrainadagi rejimiga”, deb yozgan u.