TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Xabaringiz bor, bugun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilishda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Rossiya delegatsiyasi tarkibida Mariya Zaxarova ham bor.
U kecha oqshomda O‘zbekiston poytaxtida joylashgan “Tashkent city” bog‘ida sayr qildi va Toshkentning go‘zalligi uni lol qoldirdi.
Bu haqda Zaxarova Telegram-kanalida post yozdi.
U bir qancha suratlarni joylab, Toshkentning go‘zalligi uni hayratda qoldirganini yashirmadi.
“Kechqurungi Toshkent! Qanday go‘zal”, degan izoh qoldirgan Rossiya TIV vakili o‘z suratlari ostida.
Eslatib o‘tamiz, 27 iyul kuni kechasi Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga keldi. Bugun ular ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etmoqda.
Kecha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergey Lavrovni qabul qilgan edi.