Tojikiston O‘zbekiston taklif qilgan ShHT dasturlarini ma’qulladi

Sirojiddin Muhriddin: Tojikiston O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan dasturlarni ma’qullaydi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Tojikiston ishbilarmon doiralar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni rag‘batlantirishga oid O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan dasturlarni ma’qullaydi.
Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi chiqishida ma’lum qildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, mazkur uchrashuv 15-16 sentabr kunlari Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Tashkilot sammitiga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi hisoblanadi.