Shomurodov boshqa klubga o‘tish arafasida – futbolchining agenti

Eldor boshqa klubga o‘tish arafasidaligiuchun “Tottenxem” bilan o‘yinga bormadi, deydi uning agenti.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovning manfaatlarini himoya qiluvchi agenti, “ProSports Management” vakili Qahhor Mo‘minov futbolchining Isroildagi o‘yinga bormagani, boshqa klubga o‘tmoqchiligini aytdi.

“Eldor boshqa klubga o‘tish arafasidaligiuchun “Tottenxem” bilan o‘yinga bormadi. Ushbu jarayon transfer yoki ijara ko‘rinishida bo‘ladimi? Bu savolni “Roma” klubiga bergan ma’qulroq”, - deya o‘ning so‘zlarini keltirdi “Championat.asia”.

Hujumchi “Roma”dagi faoliyati davomida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Italiya nashrlari xabariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasining 27 yoshli hujumchisiga A Seriya jamoalari "Sampdoriya", "Monsa" va "Torino"dan qiziqish mavjud.