O‘zbekiston diplomatlari Novosibirskdagi vatandoshlari bilan uchrashdi

Qurilish maydonlarida vaqtincha mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Novosibirskda qurilish maydonlarida vaqtincha mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqida “Dunyo” AA xabar berdi.
Uchrashuv O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari tomonidan tashkil etildi.
Unda xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarga yaratib berilgan shart-sharoitlar hamda O‘zbekistonda davom etayotgan konstitutsiyaviy islohotlar bilan bog‘liq masalalar haqida so‘z yuritildi.
Bosh konsulxonaning ushbu sayyor uchrashuvida fuqarolar oldida turgan muammolar ham bartaraf etilgani barobarida ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytarildi.