Bu qiziq

Nega bolalar uxlayotganda tishlarini g‘ichirlatishadi?

Bruksizm - ya’ni tishlarni g‘ichirlatish bolalarda barcha yoshda paydo bo‘lishi mumkin. Asosan tunda sodir bo‘ladi.
Sputnik
Bolalar uxlayotganda tishlarini g‘ichirlatishadi. Bu qanchalar xavfli bo‘lishi mumkin?
Bruksizm- ya’ni tishlarni g‘ichirlatish bolalarda barcha yoshda paydo bo‘lishi mumkin. Asosan tunda sodir bo‘ladi. u qanday paydo bo‘ladi va qanday chora ko‘rish kerak - batafsil materialimizda

Bruksizm nima?

Tishlarni g‘ichirlatish tibbiyotda “bruksizm” deb ataladi. Bu jag‘larning haddan tashqari siqilishi bilan yuzaga keladigan patologik holat. U beixtiyor paydo bo‘ladi va chaynash mushaklarining spazmi bilan bog‘liq. Odatda bruksizm tunda 10-15 soniya - qisqa davom etadi va kunduzi ham sodir bo‘lishi mumkin. Bola balog‘atga yetgandan keyin o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. O‘smirlar va kattalarda bruksizm deyarli uchramaydi.

Sabablari

Bruksizm bola organizmida sodir bo‘layotgan turli jarayonlar sabab paydo bo‘lishi mumkin. Xususan:
· Tish chiqishi - Bu holatda bruksizm kunduzi paydo bo‘ladi va odatiy hol hisoblanadi. Bu bilan mushaklar tishlar chiqishi va tishlash funksiyasi shakllanishiga tayyorlanadi.
· Kuchli asabiylik (stress) va hissiy zo‘riqish – bu bolalarda bruksizm paydo bo‘lishining eng keng tarqalgan sababi. Bola har doim hissiyotlarini ko‘rsatmasligi mumkin, bu esa yig‘ilib qoladi. Tunda esa bu jag‘larga bosim beradi. Bunda emotsional holatiga ham salbiy (aytaylik, maktabni almashtirish, bolalar bog‘chasida birinchi kun, ota-onalarning ajralib ketishi), ham ijobiy holatlar (sovg‘a olishi, do‘stlar bilan uchrashishi, tug‘ilgan kunini nishonlash) ham birdek ta’sir qiladi.
· Tishlash muammolari - bola jag‘- yuzasi apparatlari tuzilishidagi buzilishlar tufayli tishlarini g‘ichirlatadi
· Vitamin va minerallar yetishmasligi - asosan V guruhi vitaminlari, kalsiy va magniy tanqisligi sabab;
· Burun bitishi – shamollash yoki adenoidlar bilan muammolarda bolaga nafas olish qiyinlashadi, shunda u jag‘larini qattiq bosimda ushlaydi.
Bruksizm organizmda parazitlar borligining belgisi bo‘lishi mumkinmi?
Ancha paytgacha bruksizm- parazitar kasalliklarning belgisi sifatida qaralgan. Bunga sabab bolalarda gelmintlar va bruksizmning bir xil yoshda (asosan bog‘chaga boradigan yoshlarda) paydo bo‘lganda. Biroq, ko‘plab tadqiqotlarga ko‘ra, parazitlar va tishlarning g‘ichirlatishda hech qanday bog‘liqliq aniqlanmagan.
Belgilari va alomatlari
Bruksizmning alohida alomatlari yo‘q, ammo bunga yondosh belgilar ham bo‘lishi mumkin
- Lohaslik va uyquchanlik
- Bosh og‘rig‘i
- Bo‘yin sohasida og‘riqlar
- Injiqlik va yig‘loqiliq
- Xotirjam bo‘lmagan uyqu
- Quloqlar bitishi

Oqibatlari

Tishlarning yemirilishi: jag‘larga bosim tufayli tishlar asta-sekin yemirila boshlaydi. Bu og‘iz bo‘shlig‘idagi deyarli barcha tishlarga ta’sir qiladi.
Talaffuz qilish buzilishi: bunda bolalar turli tovushlarni talavvuz qilishda qiynalishlari mumkin. Bu esa bolalarning o‘zlariga nisbatan ishonchsizlikka saba bo‘ladi. O‘z navbatida bu bolaga yana hissiy zo‘riqish- bruksizmning sababi bo‘lib keladi.
Giperesteziya va tishlarning juda tez chirishi: yuqori qatlam emalining yo‘qolishi asosiy bo‘shashgan dentinning asosini tashkil etuvchi nerv uchlarining ta’siriga olib keladi. Bularning fonida deyarli barcha bemorlar tishlarida yuqori sezuvchanlik paydo bo‘lib juda sovuq yoki issiq oziq-ovqatlarni, suyuqliklarni iste’mol qila olishmaydi. Dentinning nisbatan past zichligi tishning yanada yemirilishi va uning ichidagi nerv tolalarining yo‘qolishiga olib keladi.

Bolaga qanday yordam berish kerak?

Psixoterapevt Filipp Tatarenkoning aytishicha, bolaga yordam berish uchun jismoniy jihatlarga emas, balki bolaning psixologiyasi bilan shug‘ullanadigan mutaxassislarga murojaat qilish kerak. Bunday mutaxassislar bolalarning hissiy zo‘riqishlari, komplekslari bilan bo‘ladigan muammolarni yengishda yordam beradi, shunda bolalarning ham emoyional holati yaxshilanadi.

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Agar bruksizm kamdan-kam kuzatilsa, albatta bunda davolanish kerak emas. Va bruksizm o‘z o‘zidan yo‘qoladi. Ammo, bu har doim davom etsa, psixoterapevt va tishlar salomatligini tekshirish uchun tish shifokoriga murojaat qilish kerak.