Amerikalik zobit Putinni himoya qildi

Ritterning aytishicha, dunyoda nafaqat amerikaliklar, balki o‘zlarining suveren manfaatlari va huquqlariga ega bo‘lgan boshqa odamlar ham yashaydi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘zini erka super kuch kabi tutmoqda, inqirozda Rossiya rahbari Vladimir Putin emas, AQSh prezidenti Jo Bayden aybdor. Bu haqda AQSh dengiz piyodalari razvedkasining nafaqadagi ofitseri Skott Ritter YouTube kanalida aytib o‘tdi.
“Biz (AQSh) dunyodan bizning shartlarimiz asosida, bizning qoidalarimizga muvofiq harakat qilishini talab qilamiz. Bu degani, dunyo bizning va faqat bizning ohangimizga raqs tushishi kerak”, dedi u.
Ritterning aytishicha, dunyoda nafaqat amerikaliklar, balki o‘zlarining suveren manfaatlari va huquqlariga ega bo‘lgan boshqa odamlar ham yashaydi. Shunga qaramay, AQSh nafaqat Rossiya va Ukrainaga, balki butun Yevropaga o‘z ixtiyorini yuklamoqchi.
Ofitser, shuningdek, Amerika yetakchisi Jo Baydenning sodir bo‘layotgan voqealar uchun aybni Rossiya prezidenti Vladimir Putin zimmasiga yuklashga urinishlarini esladi.
“Yo‘q, unday emas. Jo Bayden aybdor”, deya xulosa qildi Ritter.
Avvalroq ofitser rasmiy Moskva G‘arb ustidan siyosiy, iqtisodiy va harbiy g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lganini aytgandi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshladi. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Buning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiyalashtirish”ni amalga oshirish, Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar bo‘lgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.