Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojye viloyati rasmiylari Kiyevni genotsidga urinishda aybladi

Ukraina tomoni allaqachon Zaporojye viloyatini gaz ta’minotidan mahrum qilgan, endi esa Zaporojye atom elektr stansiyasi va suv ta’minoti obyektlariga zarba bermoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Kiyev rejimi Zaporojye viloyatida genotsid uyushtirishga urinmoqda. Bu haqda viloyat ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.

“Kiyev rejimi mahalliy aholi o‘z kelajagini faqat Rossiyada ko‘rishini anglab, yangi taktikaga o‘tdi - viloyatning fuqarolik infratuzilmasini maqsadli yo‘q qilish. Biz buni genotsidga urinish sifatida qabul qilamiz”, - dedi Rogov RIA Novosti agentligi bilan suhbatda

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni allaqachon Zaporojye viloyatini gaz ta’minotidan mahrum qilgan, endi esa Zaporojye atom elektr stansiyasi va suv ta’minoti obyektlariga zarba bermoqda.
“Bular terroristik urush usullari. Bu, ayniqsa, tinch aholiga zarba. Gaz, suv va elektr yo‘qligi armiya uchun muammo emas. Armiya dalada turadi va zamonaviy texnologiyalar evaziga hamma narsa bilan ta’minlanadi”, dedi Rogov.
Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Ularning ikkisida ham harbiy-fuqarolik ma’muriyatlari tashkil etildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalarini efirga uzatish boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi.