Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainaga yetkazib berilgan qurollar qora bozorda paydo bo‘ldi – Rossiya bosh prokurori

Krasnov Rossiyada “Kiyev rejimi tomonidan Donbass aholisini yo‘q qilish” faktlari bo‘yicha mingdan ortiq jinoiy ish tergov qilinayotganini eslatdi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Ukrainaga yetkazib berilgan G‘arb qurollarining namunalari qora bozorda ham paydo bo‘la boshladi. Bu haqda Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov Qirg‘iziston bosh prokurori Qurmanqul Zulushev bilan ishchi uchrashuvda ma’lum qildi. RIA Novosti.
Xususan, Krasnov Rossiyada “Kiyev rejimi tomonidan Donbass aholisini yo‘q qilish” faktlari bo‘yicha mingdan ortiq jinoiy ish tergov qilinayotganini eslatdi. Ta’kidlanishicha, jangarilar tomonidan tinch aholini o‘ldirish va shafqatsiz qirg‘in qilish bo‘yicha ko‘plab faktlar allaqachon aniqlangan.
“Bunday jinoyatlar hanuzgacha har kuni sodir bo‘lmoqda, jumladan, MDH davlatlaridan kelgan yollanma askarlar ishtirokida qurol va o‘q-dorilarning deyarli nazoratsiz aylanishi kuzatilmoqda, ularning ko‘plab namunalari, birinchi navbatda, G‘arb namunalari qora bozorda paydo bo‘la boshladi”, dedi Krasnov.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada harbiy operatsiya boshladi. Prezident Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Buning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiyalashtirish”ni amalga oshirish, Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar bo‘lgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.