TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Toshkent viloyati Dalvarzin cho‘lidan ilk bor lola gulining noyob o‘simlik turi topildi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.
Aytilishicha, hududda o‘suvchi kamob va yoqolib ketish xavfi ostidagi noyob o‘simlik turlarining (Nanophyton botschantzevii, Hedysarum drobovii, Kamelinia tianschanica) monitoringi amalga oshirildi.
O‘rganishlar natijasida Tulipa Borszczowii Baker turining ilk bor senopopulyatsiyasi topildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan o‘simlik urug‘lari va tirik o‘simlik namunalaridan Toshkent viloyati florasining kadastrini yuritishda foydalaniladi.
Qolaversa, O‘zbekiston “Qizil kitobi” ning yangi nashrlarini tayyorlashda ham qo‘llaniladi.
Ma’lumot uchun, mazkur o‘simlik aprel va may oylarida gullaydi. Uning balandligi 6 smgacha yetadi. U sariq yoki to‘q sariq rangda bo‘lib, huddi lola gulidek markazida to‘q jigarrang dog‘lari bor.