TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, Van I Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining tadbirlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan.
Oliy darajadagi uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.
Mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan, ShHTning bo‘lajak sammiti kun tartibi ham ko‘rib chiqilgan.