Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlarida ishtirok etayotgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.
Mintaqadagi vaziyatning rivojiga hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik jihatlariga, shu jumladan ShHT sammitiga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya TIV rahbari 29-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan.

Vazirlar ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan majlisini mazmunli to‘ldirish masalalariga asosiy e’tiborni qaratishadi.