Medvedev G‘arb Ukrainaning qulashini qanday bashorat qilishini ko‘rsatdi

Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti “yorqin kelajak”ni ko‘rmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. G‘arblik tahlilchilar Ukraina davlati hududi Kiyev viloyati chegaralarigacha qisqarishini kutmoqda. Bunday fikrni Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegram kanalida bildirdi.
Postda Ukraina va unga tutash mamlakatlar xaritasining ikkita tasviri mavjud: birinchi rasmda Ukraina davlati hududi 1991-2014 yillar chegaralarida - Donbass va Qrim bilan berilgan. Medvedevning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy shunday “yorqin kelajak”ni ko‘rmoqda.
Biroq quyida ikkinchi rasm ham bor: unda faqat Kiyev viloyati Ukrainada qolgan.
“G‘arb tahlilchilarining fikricha, aslini olganda shunday bo‘ladi”, - deb izoh bergan Medvedev ikkinchi rasmga.