Lavrov Toshkentga keldi

Rossiya TIV rahbari ShHT tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etadi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Kecha, 27-iyul kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Lavrov 29-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston raisligida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etadi.
Vazirlar ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining 15-16 sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan majlisini mazmunli to‘ldirish masalalariga asosiy e’tiborni qaratishadi.
Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Lavrov Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida doirasida bir qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazishni rejalashtirganini ma’lum qilgan edi.