Kreml Lavrovdek mashhur emasligidan noligan Borrel so‘zlariga munosabat bildirdi

Peskov YeIning tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili haqiqatan ham Lavrovdan kamroq mashhur ekanini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov G‘arb matbuotida undan ko‘ra mashhurroq ekanligi haqidagi shikoyatlari asosli. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“U haqli ravishda shikoyat qildi, u haqiqatan ham Lavrovdan kamroq mashhur. Bunda uning imkoniyati yo‘q”, - dedi Peskov jurnalistlarga. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Borrel avvalroq G‘arb matbuotida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga qaraganda unchalik mashhur emasligidan shikoyat qilgan edi.