TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Toshkent shahridagi Chilonzor ko‘chasining bir qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi. Bu haqda shahar Transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Yo‘l qurilishi ishlari olib borilishi sababli, Chilonzor tumanining Chilonzor ko‘chasi Muqimiy ko‘chasi bilan kesishgan joyidan Gagarin haykaligacha bo‘lgan qismi avtomobillar harakati uchun yopiladi”, deyiladi xabarda.
Yopiladigan yo‘l
© Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Yo‘l ta’mirlash-qurilish ishlari 2022-yil 28-iyuldan boshlanadi. Bu davrda haydovchilar Chilonzor tumani Arnasoy ko‘chasidan foydalanishlari mumkin.