Ayrim banklar kartalardan chet el valyutasini yechib olishda komissiya joriy etdi

Xalqaro plastik kartalardan naqd pul yechib olish uchun "Kapitalbank" 0,7 foiz, "Ipak Yo‘li" banki esa 1 foiz komissiya o‘rnatdi.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim tijoriy banklar valyuta hisobvarag‘idan, jumladan, plastik kartadan naqd pul yechib olishda komissiya joriy etish boshladi.
Xususan, 27-iyuldan boshlab “Kapitalbank” Visa/Mastercard/UnionPay xalqaro plastik kartalaridan kassa va terminallar orqali naqd valyuta yechib olish uchun 0,7 foiz, “Ipak yo‘li” bank esa 1 foiz komissiya to‘lovini belgilagan.
“Ipak Yo‘li” banki bu qaror xorijiy valyuta muomalasini tartibga solish maqsadida qabul qilinganini tushuntirgan.
MB bankomatdan naqd pul yechish uchun komissiya oshirilganiga munosabat bildirdi