UKQ hujumi oqibatida Antonovka ko‘prigi shikastlandi

O‘tgan hafta UQK ikki marta Amerikaning HIMARS quroli bilan Antonovskiy ko‘prigiga zarba berishgandi
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Xersondagi Dnepr darosi ustidan o‘tgan Antonovka ko‘prigi Ukraina Qurolli kuchlarining tungi hujumi oqibatida shikastlandi. Bu haqda Xerson viloyati harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari o‘rinbosari Kirill Stremousov ma’lum qildi.
“Ko‘prikka o‘q kelib tushgan, ko‘prik vayron bo‘lmagan. Yana teshiklar paydo bo‘lgan. Hozir u to‘liq harakat uchun yopilgan”, - dedi u.
Qayd etilishicha, mutaxassislar ko‘prikning shikastlangan joylarini o‘rganishmoqda va u qayta tiklanadi.
Stremousov Xerson viloyati aholisi o‘z zaminini himoya qilishini ma’lum qildi va Kiyev hukumatining tahdidlarini asossiz va o‘rinsiz deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xersonni oziq-ovqat va boshqa tovarlar bilan ta’minlashga bog‘liq muammolar tug‘ilmaydi. Ularni muqobil yo‘llar bilan keltirish mumkin.
O‘tgan hafta UQK ikki marta Amerikaning HIMARS quroli bilan Antonovskiy ko‘prigiga zarba berishgandi, o‘shanda ham u shikastlangandi. Viloyat hukumati u orqali harakatni cheklab, yuk tashuvchi avtomobillar harakatini taqiqlagandi.
Antonovka ko‘prigi Xersondagi yagona avtomobil ko‘prigi. U Dnepr darosining g‘arbiy tomonida joylashgan shaharni Xerson viloyatining boshqa qirg‘oqdagi bir qismi bilan bog‘laydi. Uzunligi 1366 metr.
Maxsus operatsiya davomida Rossiya harbiylari Xerson viloyati va Zaporojye viloyatining Azov qismini nazorat ostiga oldi. Ularning ikkisida ham harbiy-fuqarolik ma’muriyatlari tashkil etildi, Rossiya telekanallari va radiostansiyalarini efirga uzatish boshlandi, Qrim bilan savdo aloqalari tiklanmoqda. Viloyatlar Rossiya tarkibiga kirish rejalarini e’lon qildi.