Hayratomuz va antiqa: Saudiya Arabistondagi cho‘lda qurilayotgan osmono‘par bino ko‘rinishi

Saudiya Arabistonida 120 kilometr uzunlikdagi, ko‘zguli oyna bilan qoplangan "Mirror Line" osmono‘par binosini qurish rejalashtirilmoqda.
Sputnik
1 / 11

Uning balandligi taxminan 500 metr bo‘lgan ikkita binodan iborat bo‘ladi, ular 120 kilometrli cho‘l, qirg‘oq va tog‘ landshaftlari orqali bir-biriga parallel ravishda turadi.

2 / 11

Qurilish tugallangandan so‘ng, bino1 trillion dollarga baholanishi kutilmoqda

3 / 11

Ikki bino piyodalar o‘tish joylari orqali bog‘lanadi, ularning ostidan tezurar poyezd harakatlanadi.

4 / 11

Loyiha aholi bir-biriga piyoda 5 daqiqada yetib borishi, shuningdek, 20 daqiqa ichida binoning bir chetidan ikkinchi chetiga o‘tishiga mo‘ljallab ishlab chiqilgan.

5 / 11

Bino valiahd shahzoda va amalda hukmdor Muhammad bin Salmonning uglerod chiqarishi nolga teng bo‘lgan "Neom" loyihasining markazi hisoblanadi.

6 / 11

"Neom" Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasiga tegishli bo‘lib, Saudiya Arabistoni iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va uning neftga qaramligini kamaytirish bo‘yicha Saudi Vision 2030 rejasining bir qismidir.

7 / 11

"Mirror Line" qayta tiklanadigan energiyadan quvvatlanadi.

8 / 11

U yerda taxminan 300 metr balandlikda joylashgan stadion ham bo‘ladi.

9 / 11

Binolar 5 million kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, tezurar poyezddan tashqari, qayiq prichalini (kema, qayiqlar bog‘lab qo‘yiladigan joy) ham o‘z ichiga oladi.

10 / 11

"Mirror Line" osmono‘par binosi loyihasi

11 / 11

"Mirror Line" osmono‘par binosi loyihasi