Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukrainada yangi razvedka kompleksidan foydalanishni boshladi

Yangi razvedka tizimlari dushman nishonlarining koordinatalari va boshqa parametrlarini aniqlash imkonini beradi.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainada Su-34 front bombardimonchi samolyotiga asoslangan yangi razvedka kompleksidan foydalanishni boshladi. Bu haqda RIA Novosti manbasiga tayangan holda xabar berdi.
“Maxsus operatsiya doirasida Rossiya Aerokosmik kuchlari Su-34 front bombardimonchi samolyotlari asosidagi yangi razvedka tizimlaridan foydalanishni boshladi”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi razvedka tizimlari dushman nishonlarining koordinatalari va boshqa parametrlarini, xususan, havo hujumidan mudofaa tizimlari va Ukraina radar stansiyalarining pozitsiyalarini aniqlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, Rossiya Qurolli kuchlari Ukrainada dunyodagi eng uzoq masofali SVLK-14S “Sumrak” miltig‘i va “Stupor” elektromagnit tizimlaridan foydalangan. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Yuriy Borisov Davlat dumasida Rossiya armiyasi Ukrainada harbiy maxsus operatsiya boshlanganidan beri zarur bo‘lgan hamma narsani olayotganini aytdi.