Rossiya O‘zbekistonga maymun chechagini aniqlaydigan testlarni yubordi

“Vektor” markazi ishlab chiqqan bu testlar Armaniston, Qozog‘iston va Turkmanistonga ham yuborilgan.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Rossiya O‘zbekistonga maymun chechagini aniqlaydigan testlarni yubordi. Bu haqda Rospotrebnadzor matbuot xizmati xabar bermoqda, deya yozadi RIA Novosti.
Qayd etilishicha, “Vektor” markazi ishlab chiqqan bu testlar Armaniston, Qozog‘iston va Turkmanistonga ham yuborilgan.
Rospotrebnadzor mutaxassislari hamkor mamlakatlardan bo‘lgan hamkasblari uchun maymun chechagiga laboratoriya tashxisini qo‘yish usullariga bag‘ishlangan maxsus seminarlar tashkil etishadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qo‘llanmasi” loyihasi tayyorlangan. Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirilgan.