TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Bugun Qirg‘iziston hududida 4,5 balli yer silkinishi qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qilishicha, zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi.
Zilzila Toshkent vaqti bilan soat 14:52da sodir bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari: 41,69 gradus shimoliy kenglik; 71,82 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 222 km shimoliy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Yangiqo‘rg‘on tumanida 3 ball, 48 km.
Kosonsoy tumanida 2-3 ball, 61 km.
Chortoq tumanida 2-3 ball, 63 km.
Uychi tumanida 2 ball, 74 km.
Uchqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 76 km.
Namangan shahrida 2 ball, 78 km.